Новости
BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARINING OTA-ONALARIGA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
17 май 2024 год
BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARINING OTA-ONALARIGA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
Samarqand shahridagi 81-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda maktab direktori, inspektor-psixologi hamda profilaktika inspektorlari tomonidan vazirlikning tavsiyasiga asosan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirini o‘tkazish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Ushbu tartib qoidalar o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, turli ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida ishlab chiqilganligi bo‘yicha tushunchalar berildi.