Yangiliklar

.

SAMARQANDDA 5-10-AVGUST KUNLARI SINGAPUR TAJRIBASI ASOSIDA MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILADI

30-iyul 2024-yil
image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 29- maydagi «Xalqaro tajriba asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish hamda o‘quvchilarning aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini oshirish to‘g‘risida»gi 177-sonli buyrug‘iga asosan viloyatdan jami 25 nafar trenerlar Toshkent shahrida Singapur tajribasi asosida tashkil etilgan o‘quv seminarda ishtirok etib kelishgan edi.

Ushbu trenerlar tomonidan viloyat Pedagogik mahorat markazida 5-10-avgust kunlari seminar tashkil etiladi. Unda jami 180 nafar (50 nafar direktorlar, 50 nafar aniq fan va 80 nafar tabiiy fan o‘qituvchilari) pedagoglarning xalqaro ta’lim dasturlari asosida malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ushbu jarayon 19-24 avgust kunlari tuman (shahar) lardagi 16 ta tayanch maktablarida kaskad usulida davom ettirilib, 3816 nafar pedagoglar master-trenerlar tomonidan o‘qitiladi. Mazkur treninglarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida viloyat Pedagogik mahorat markazida 16 ta tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, 25 nafar trener o‘qituvchilar va tayanch maktablar direktorlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bunda, maktablarda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha faoliyat yurituvchi pedagoglarning kaskad usulida malakasini oshirish, maktab direktorlari tomonidan boshqaruv tizimini yaxshilash hamda xalqaro tajribalar asosida tabiiy va matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi orqali baholash asosiy maqsad qilib olingan. Joriy yil 30-iyul kuni Qo‘shrabot tumani hokimligida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari va maktab direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda boshqarma boshlig‘i Sh.Eshankulov tizim xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar xususida so‘z yuritdi. Seminar davomida yangi 2024-2025-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi

 

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb