Yangiliklar
JURNALIST VA BLOGЕRLAR DIQQATIGA!
29-iyul 2024-yil
Joriy yilning 1-avgust kuni soat 10:00 da Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan PRЕSS-TUR tashkil etiladi.
Unda dastlab viloyat Matbuot uyida matbuot anjumani tashkil qilinib, "O‘qituvchilar malakasini oshirish, bu boradagi muhim o‘zgarishlar" haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.
Bundan tashqari, "Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar" hamda "Qizil va yashil maktablar: kamchilik va yutuqlar" mavzusida PRЕSS-TUR tashkil etilib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishtiriladi.
To‘planish joyi: viloyat Matbuot uyida
vaqti: soat 10:00 da
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati