Yangiliklar
Qo‘shrabotda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar xodimlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
30-iyul 2024-yil
Qo‘shrabotda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar xodimlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
Qo‘shrabot tuman hokimligida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar xodimlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.Unda Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonqulov, tuman hokimi D.Shakarboyev va Samarqand viloyat Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i A.Egamovlar ishtirok etishdi.
Muloqotda maktablarning yangi 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek,umumta‘lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishini tashkil qilish va bunda o‘quvchilarga kasb tanlash borasida kerakli ma’lumotlarni taqdim etib borish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.