Yangiliklar
VILOYATDAGI MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN ZAMONAVIY SHART-SHAROITLAR YARATILMOQDA
1-avgust 2024-yil
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Samarqand shahridagi Qorasuv massivi “Shodiyona” mahallasida joylashgan 51-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotda press-tur tashkil etildi.
Press tur ishtirokchilari yaqinda foydalanishga topshirilgan zamonaviy muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
“Shodiyona” mahallasida joylashgan 51-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Investitsiya dasturi asosida “PMK-7” MCHJ tomonidan 13 milliard 500 million so‘m mablag‘ hisobidan qurlib, joriy yilning iyun oyida foydalanishga topshirildi.
Ushbu tashkilotda 12 ta guruhlarda 300 nafar mahallaning 70,3 foiz 3-7 yoshli bolalari qamrab olingan.
Tashkilotda bugungi kunda jami 45 nafar ishchi xodimlar mavjud bo‘lib, ulardan 23 nafari oliy ma’lumotli pedagoglardir.
Bog‘chada bolalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilga bo‘lib, zamonaviy oshxona, shinam va yorug‘ yotoqxonalar, mashg‘ulot maydonchalari, raqs va gimnastika to‘garaklari, shuningdek, yozgi o‘yin maydonchalar (besedka) va uzunligi 6 metr eni 5 metr bo‘lgan suzish havzasi mavjud. Bundan tashqari ,maktabgacha ta’lim tashkilotiga 10 Kvt quyosh paneli ham o‘rnatilgan.
Samarqand shahrida bugungi kunda 376 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lib, shundan 100 ta davlat, 1 ta IIBga qarashli, 50 ta nodavlat (xususiy), 3 ta davlat-xususiy sherikchilik va 222 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.
Viloyatda 4388 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud, ularning 761 tasi DMTT, 140 tasi DXSH va 66 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 3421 tasi oilaviy bog‘chalardir. Ayni paytda viloyatdagi jami 380 883 nafar 3-7 yoshli bolalardan 261 913 nafari 70,6 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan qamrab olingan.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati