Yangiliklar
“O‘QITUVCHILAR MALAKASINI OSHIRISH VA BU BORADAGI MUHIM O‘ZGARISHLAR” MAVZUSIDA MATBUOT ANJUMANI UYUSHTIRILDI
2-avgust 2024-yil
Samarqand viloyat Matbuot uyida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “O‘qituvchilar malakasini oshirish va bu boradagi muhim o‘zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani uyushtirildi.
Tadbirda viloyat Pedagogik mahorat markazi rahbari A’lam Ibragimov tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Bugungi kunda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimida jami 5486 ta tashkilot, shundan, 1355 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari (1272 ta umumta’lim, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident maktabi, 8 ta maxsus maktab-internatlar, 41 ta nodavlat maktablar), 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, 1 ta “Bolalar kutubxonasi”, 1 ta Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (hozirgi Pedagogik mahorat markazi), 4388 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (761 ta davlat bog‘chasi, 140 ta Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘chalar, 66 ta nodavlat (xususiy), 3 421 ta oilaviy bog‘chalar) ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Viloyada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 61016 nafar o‘qituvchilar va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10789 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritadi.
2023-2024-o‘quv yilida viloyatdagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida jami 60602 nafar rahbar va pedagog xodimlarning malakasini oshirish rejalashtirilgan. Shundan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 1507 nafar xodimlari malakasini oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar-iyun oylariga qadar 872 nafari (57,8 foiz) malaka oshirdi; (635 nafari sentyabr-dekabr oylarida malaka oshiradi)
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 59 095 nafar rahbar va pedagog xodimlari (shundan, onlayn 8108 nafar (13,7 foiz), oflayn 50 987 nafar (86,2 foiz)) malaka oshirishi belgilangan bo‘lib, yanvar-iyul oylariga qadar jami 26 701 nafari 45,1 % (21 003 nafari oflayn 35,5%, 5698 nafari onlayn 9,6 %) pedagoglar o‘z malakasini oshirdi (32 394 nafari sentyab-dekabr oylarida malaka oshiradi).
- Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida joriy yilda 727 nafar maktab direktorlari (jami direktorlarning 61,0%) malaka oshirishi rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar-iyun oylariga qadar 334 nafar (42,1%) maktab direktorlari malaka oshirgan. (qolgan 393 nafari sentyabr-dekabr oylarida malaka oshiradi)
- Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida mart-iyun oylarida 175 nafar CHQBT (chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani) rahbarlari malaka oshirishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, 161 nafar CHQBT rahbarlari malaka oshirgan (mart-iyun rejasi 91,9% ga bajarilgan).
- Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (hozirgi Pedagogik mahorat markazi)da yanvar-iyun oylariga qadar 23 015 nafar pedagog xodimlarning malakasi oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 20 682 nafari (90 foiz) malaka oshirdi.
- Samarqand davlat chet tillar institutida yanvar-iyun oylarida 712 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda esa 525 nafar (73,7 %) tinglovchi malaka oshirdi.
- Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida yanvar-iyun oylariga qadar malaka oshirishi rejalashtirilgan 573 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari to‘liq (100 %) malaka oshirdi.
2023-2024-o‘quv yilining dastlabki 4 oyi (sentyabr-dekabr oyida) davomida “Samarqand tajribasi” sifatida viloyatning tuman (shahar)laridagi mutaxassis o‘qituvchilarga metodik yordam beruvchi “mobil metodik guruhlar” tomonidan jami 7 ta umumta’lim fanlari (matematika, kimyo, biologiya, fizika, informatika, ona tili va adabiyot, tarix) kesimida 2 837 nafar pedagoglarga 102 nafar trener o‘qituvchilar tomonidan 16 ta tuman (shahar)larda belgilangan 27 ta umumiy o‘rta ta’lim (tayanch) maktablarida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
“Mobil metodik guruhlar” faoliyatining 2-bosqichida (fevral-may oylarida) 1363 nafar tinglovchilar o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 2 maydagi 139-sonli buyrug‘iga asosan viloyatdan 8 nafar (2 nafar Samarqand shahar (43-maktab), 3 nafar Ishtixon (1-, 17-, 31-maktab), Jomboy (2-maktab), Oqdaryo (26-maktab) va Narpay (7-maktab) tumanidan bir nafardan) fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiya davlatida o‘z malakalarini oshirib qaytishdi.
Maktablarda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha faoliyat yurituvchi pedagoglarni kaskad usulida malakasini oshirish, maktab direktorlari tomonidan boshqaruv tizimini yaxshilash hamda xalqaro tajribalar asosida tabiiy va matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi orqali bahalosh maqsadida viloyatdan jami 25 nafar pedagoglar Toshkent shahrida o‘quv seminarida ishtirok etishdi.
O‘quv seminarining davomi sifatida joriy yilning 5-10 avgust kunlari viloyat Pedagogik mahorat markazida 180 nafar rahbar va o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, maktabgacha va maktab tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish, Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida keng targ‘ib etish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi;
- maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarining kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib, tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida malaka oshirish yo‘lga qo‘yiladi;
- maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi;
- rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik o‘quv kurslari bo‘yicha tashkil etiladi;
- malaka oshirish kurslarida ta’lim olayotgan tinglovchilar bilimini baholash jarayonlarining pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va ularni kasbiy sertifikatlash tizimlari bilan uzviyligi ta’minlanadi;
- malaka oshirish tizimi natijalarini baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarining faoliyat samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi;
2025-yil 1-yanvardan boshlab, pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida esa “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:
“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali o‘qituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-o‘qituvchilar tarkibi shakllantiriladi;
“Kasbiy rivojlanish soati” doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam ko‘rsatiladi, kasbiy rivojlanishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida har bitta fan bo‘yicha tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tanlanadi va ushbu muassasalarda o‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;
Institut va hududiy markazlarda mentor-o‘qituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi;
mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘qituvchining obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish, o‘sib kelayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlariga zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida sifatli ta’lim-tarbiya berish, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishga yo‘naltirish, ularga o‘zlari qiziqqan kasb-hunarlarni o‘rganishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.