Yangiliklar
O‘QUVCHILARNING YANGI O‘ZBEKISTON UNIVERSITETI HAQIDA TASAVVURLARI KENGAYDI
6-fevral 2024-yil
Yangi O‘zbekiston universiteti bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Unda Yangi O‘zbekiston universiteti mutaxassislari ishtirok etib, yigit-qizlarga oliygoh va undagi sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida"gi 106-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Yangi O‘zbekiston universiteti bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Unda Yangi O‘zbekiston universiteti mutaxassislari ishtirok etib, yigit-qizlarga oliygoh va undagi sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.
Seminarda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob olishdi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati