Yangiliklar
MUDOFAA VAZIRI KUBOGI UCHUN “VATANPARVARLAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQALARINING YAKUNIY BOSQICH BAHSLARIGA START BERILDI
14-may 2024-yil
MUDOFAA VAZIRI KUBOGI UCHUN “VATANPARVARLAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQALARINING YAKUNIY BOSQICH BAHSLARIGA START BERILDI
Bugun Markaziy harbiy okrugining Sazag‘an dala o‘quv maydonida Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining "Vatan tayanchi" otryadi a’zolari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.
Unda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining dastlabki tuman, so‘ngra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan keyingi bosqichlarida g‘oliblikka erishgan eng kuchli jamoalar ishtirok etishmoqda.