Yangiliklar

.

“INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR” MAVZUSIDA SЕMINAR O‘TKAZILDI

14-may 2024-yil
image

“INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR” MAVZUSIDA SЕMINAR O‘TKAZILDI

       

Samarqand shahridagi 60-son Davlat ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida “Inklyuziv ta’lim: barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.Unda O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish respublika tashxis markazi metodisti Shoxista Axmedova O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etishning nomativ-huquqiy asoslari, inklyuziv ta’limning maxsus ta’limdan farqi va afzalliklari, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi inklyuziv sinflarga jalb etish bo‘yicha yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berdi. Tadbirda 60-son Davlat ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining 38 nafar bitiruvchi tarbiyalanuvchilarini inklyuziv ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha ota-onalarga  tushunchalar berildi.
Seminarda boshqarma  boshlig‘ini o‘rinbosari Shokir Sultonov ishtirok etdi.    

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb