Yangiliklar

.

UMUMTA’LIM MAKTABLARI MAS’ULLARI UCHUN  “INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR” MAVZUSIDA SЕMINAR TASHKIL ETILDI

15-may 2024-yil
image

 

UMUMTA’LIM MAKTABLARI MAS’ULLARI UCHUN  “INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR” MAVZUSIDA SЕMINAR TASHKIL ETILDI

Samarqand shahridagi 81-umumta’lim maktabida “Inklyuziv ta’lim: barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.   Unda inklyuziv sinflar ochilgan viloyatdagi umumta’lim maktablari jumladan, Samarqand tumanidagi 31-, Toyloq tumanidagi 5-, 62-, 30-, 46-,15-, Urgut tumanidagi 56-, Oqdaryo tumanidagi 25-, 30-, 45-, 47-, Samarqand shahardagi 13-, 45-, 80-, Jomboy tumanidagi 56-, 3-, Bulung‘ur tumanidagi 1-, 2-,  Pastdarg‘om tumanidagi 75-, umumta’lim maktablarining direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i Shoxista Axmedova O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etishning nomativ-huquqiy asoslari, inklyuziv ta’limning maxsus ta’limdan farqi va afzalliklari, bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi inklyuziv sinflarga jalb etish bo‘yicha yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berdi.      

 

 Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb