Yangiliklar
ISHTIXON TUMANIDA ENG YAXSHI HAMSHIRALAR ANIQLANDI
15-may 2024-yil
ISHTIXON TUMANIDA ENG YAXSHI HAMSHIRALAR ANIQLANDI
Ishtixon tumanidagi 21-sonli Bolalar Musiqa va san’at maktabida “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Ishtirokchilar tanlov Nizomiga ko‘ra 5 ta shart bo‘yicha, xususan, “Eng yaxshi videorolik”, savol-javob, xujjatlarning yuritilishi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov jarayonlari hamkor tashkilot vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholanib bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli
1-o‘rinni 9-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi,
2-o‘rinni 29-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi,
3-o‘rinni 28-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi egalladi.
Tadbir yakunida g‘olib va ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.