Yangiliklar

.

BULUNG‘URDA SЕMINAR TASHKIL ETILDI

17-may 2024-yil
image

 

Bulung‘ur tumanidagi  22-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil  27-martdagi “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish va joriy etish tartibini takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qarorining amaliyotga tatbiq etilishi   mavzusidagi  viloyat  o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda qarorning mazmun mohiyati hamda Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari  haqida tushunchalar berildi.

Vazirlar Mahkamasining 27.03.2024 yildagi VMQ-157-sonli “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.



Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining maqsadi, vazifalari va prinsiplari;

● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chikish uchun qo‘yiladigan talablar hamda ta’limning standartlashtiriladigan turlari;

● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini, malaka talablari, namunaviy (tayanch) o‘quv reja va dasturlari loyihalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi.



Davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

● tegishli ta’lim bosqichi yakunida ta’lim oluvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilash;

● ta’lim turlari uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, maqsad va vazifalarni ta’lim natijadorligiga yo‘naltirish;

● ta’lim oluvchilarda atrof muhitni asrab-avaylash va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish mas’uliyatini shakllantirish.



Ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida mavjud ta’lim turlari YUNЕSKOning “Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.



2024 yil 1 avgustga qadar Ta’lim sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagilarni nazarda tutuvchi «dts.uz» - Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining yagona ochiq muhokama portalini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.



 

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb