Yangiliklar

.

60 NAFAR SAMARQANDLIK MAKTAB KUTUBXONACHILARI TAQDIRLANDI

21-may 2024-yil
image

"Kutubxonachilik sharafli kasb. Kutubxonachilarning kamtarona mehnati buyuk mutafakkirlarni tarbiyalaydi,"-degan edi donishmandlardan biri.
          
 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-sonli qaroriga muvofiq, yurtimizda  21-may - "Kutubxonachilar kuni" etib belgilangan.
Sana munosabati bilan Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarida qator yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan 60 nafar faol kutubxonachilar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux Boltayev ishtirok etib, barcha kutubxonachilarni bayram bilan qutladi va ularning fidokorona mehnatlariga zafarlar yor bo‘lishini tiladi.         

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati    

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb