Yangiliklar

.

NUROBOD TUMANIDA “YOSH GVARDIYACHILAR” SINFI OCHILDI

22-may 2024-yil
image

Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 

Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Boshqarmaning tashabbusi bilan umumta’lim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” sinflarining faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganligi yoshlarni kelajakda yurt koriga yaraydigan komil insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim turki bo‘lmoqda. Nurobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 61-umumta’lim maktabida ham “Yosh gvardiyachilar” sinfi ochildi. Ochilish marosimida so‘z olganlar, bugun o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun barcha imkoniyat eshiklari ochiq ekanligi, yoshlar bu kabi imkoniyatlardan oqilona foydalanib, o‘qib-izlanib, kelajakda munosib yurt vorislari bo‘lib ulg‘ayishi, “Yosh gvardiyachilar” sinfida o‘qiyotgan o‘quvchilar odob-ahloq, bilim olish, yurtga sadoqat, vatanga muhabbat kabi hislatlari bilan tengqurlariga namuna bo‘lishi lozim ekanligi xususida to‘xtalib o‘tdi. Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy orkestrining musiqa sadolari ostida boshlangan tadbir, tumandagi 
2-umumta’lim maktabining raqqosa qizlari hamda 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining harbiy jangovor  chiqishlariga ulanib ketdi. O‘quvchilar tomonidan namoyish etilgan chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb