Yangiliklar
XAYR BOG‘CHAM, SALOM MAKTAB!
24-may 2024-yil
XAYR BOG‘CHAM, SALOM MAKTAB!
Ayni paytda maktabgacha ta’lim muassasalarida “Xayr bog‘cham, salom maktab!» tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand shahridagi 6-son maktabgacha ta’lim muassasasida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Unda bolajonlar tomonidan she'r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Bayram tadbirida ota-onalar ham ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilayotganligi e’tirof etishdi. Ayniqsa, sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar yosh avlod tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqayotganligini ta’kidlashdi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati