Yangiliklar
SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ BAYRAM TADBIRLARI O‘TKAZILDI
25-may 2024-yil
Samarqand viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Ilm-saodat kaliti" shiori ostida tashkil qilingan so‘nggi qo‘ng‘iroq bayram tadbirlari o‘tkazildi.
Oqdaryo tumanidagi 25- umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Elyor Tolliyev ishtirok etib, bitiruvchilarga Prezidentimiz tabrigini o‘qib eshittirdi.
E.Tolliyev yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari va mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bitiruvchilarga boshlanayotgan mustaqil hayotida omad tiladi.O‘quv yili davomida muvaffaqiyatga erishgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga hamda faol o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati