Yangiliklar

.

SAMARQANDDAGI 96 TA MAKTAB "ZAMONAVIY MAKTAB" MAQOMIGA EGA BO‘LDI

27-may 2024-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan viloyatimizdagi maktablarda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablarni baholash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilgan. 

Natijalarga ko‘ra. jami o'rganilgan 267 ta maktablarning  96 tasi (36 %i) “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ldi. Shundan 10 ta maktab 2-darajali va 86 ta maktab 3-darajali sertifikatlarga loyiq ko‘rildi.

Bugun Samarqand shahrida tashkil etilgan tadbir davomida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov tomonidan mazkur maktab rahbarlariga maxsus sertifikatlar topshirildi.           

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb