Yangiliklar

.

UMUMTA’LIM MAKTABLARINING 1-SINFIGA QABUL JARAYONLARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

29-may 2024-yil
image

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov  raisligida Samarqand shahrida  2024-2025-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga maktab yoshidagi bolalarni qabul qilish jarayonlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda maktab yoshdagi bolalarni umumta’lim maktablariga qamrab olish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
 2024-2025-o‘quv yilida Samarqand shahrida  jami 12 075 nafar maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limning 1-sinfiga qamrab olish rejalashtirilgan. Shundan, vazirlik tasarrufidagi maktablarga 11 170 nafar, nodavlat ta’lim muassasalariga 905 nafar maktab yoshdagi bolalar qamrab olinadi.
Yig‘ilishda Samarqand shaharida bolalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilish onlayn tartibi 3 yildan buyon amalga oshirilayotganligi, shahar hududida foydalanishga topshirilgan ayrim ko‘p qavatli uylarning maktab mikrohududlariga kiritilmaganli 1-sinfga qabul jarayonlarida muammolar keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilida Samarqand shahardagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha Davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi va ma’muriy reglament talablariga rioya etilishi tahlil qilindi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar ogohlantirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb