Yangiliklar

.

UZRLI SABABLARGA KO‘RA MALAKA (TEST) SINOVLARIDA ISHTIROK ETA OLMAGAN PEDAGOGLAR UCHUN ATTESTATSIYA SINOVLARI BO‘LIB O‘TMOQDA.

30-may 2024-yil
image

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar)ga ko‘ra ishtirok eta olmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilishi belgilangan.

 Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun bugun va ertaga (30-31-may kunlari) attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda atestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb