Yangiliklar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA YOZGI SOG‘LOMLASHTIRISH DAVRINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN AMALIY SЕMINAR TASHKIL ETILDI
30-may 2024-yil
Oqdaryo tumani 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini muvofiqlashtirish sho‘basining ish rejasiga asosan tashkil etilgan seminarda viloyatimizning tuman (shahar)laridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari ishtirok etishdi.
Seminar ishtirokchilari tadbir davomida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida yoz faslida bolalarning ochiq havoda sayr qilishlari, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish, salomatligini mustahkamlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, yozda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni yengillashtirish, qiziqarli va yorqin o‘tishini ta’minlash, charchoqyozdi mashqlar, turli ko‘ngilochar tadbirlarni muntazam uyushtirish, tabiat qo‘ynida ijodiy va amaliy ishlarni bajarish, suv muolajalarini o‘rinli qo‘llash va alohida belgilangan kun tartibiga qat’iy amal qilish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda viloyatdagi 4 283 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 261 086 nafar bolalarning rivojlantirish markazlarida qurish-yasash va matematika, syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish, til va nutq, fan va tabiat, san’at kabi erkin faoliyatlari hamda umumiy guruhlarda musiqa, nutq o‘stirish, jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot, elementar matematika, ikkinchi tilni o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati