Yangiliklar
PAYARIQDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI SONI 4 TAGA KO‘PAYDI
31-may 2024-yil
1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Payariq tumanida 4 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.
Bugun Payariq tumanidagi "Fitrat" mahallasida "Baxtiyorova Umida YATT" oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Ushbu muassasa 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususan, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etishdi.
Tumandagi Alisher Navoiy mahallasida joylashgan 1-son maktabgacha ta’lim tashkiloti bundan ko‘p yillar avval ta’mirtalab holga kelib qolgan edi. Sohaga qaratilgan e’tibor natijasi o‘laroq qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qatorida mazkur maktabgacha ta’lim maskani ham qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keldi.
Shuningdek,"Sho‘rtepa" mahallasida joylashgan 120 o‘rinli 49-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar, yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berishdi.
Tumanning "Ko‘paki" mahallasida joylashgan 100 o‘rinli "Malika Malak" nomli davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining ishga tushishi mahalla ahliga olam-olam zavq ulashdi.
Tadbirlarda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi mas’ullari, tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari va keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati