Yangiliklar

.

PASTDARG‘OMDA 2 TA ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

31-may 2024-yil
image

1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Pastdarg‘om tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2 taga ko‘paydi. 

Bayram munosabati bilan Pastdarg‘om tumani "Go‘zalkent" mahallasida joylashgan 60 o‘rinli 46-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti negizida 200 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib barcha zaruriy johozlar bilan jihozlandi.
 Shuningdek, tumanning "Beklar" mahallasida yangi 150 o‘rinli 56-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib foydalanishga topshirildi.
 Tadbirlarda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi mas’ullari, tuman hokimi Vahobjon Murotqobilov boshchiligidagi sektor rahbarlari va keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati        

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb