Yangiliklar
SAMARQAND TUMANIDAGI YANGI BARPO ETILGAN TA’LIM MUASSASALARI BILAN TANISHTIRISH MAQSADIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
4-iyun 2024-yil
Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida 53 ta maktab, 43 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi 9 ta davlat xususiy sherikchilik asosida , 7 ta xususiy, 136 ta oilaviy nodavlat MTT faoliyat ko‘rsatmoqda. 2023-yilda Investitsiya davlat dasturi asosida 2 ta umumta’lim maktablarida, 3 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish ishlari, jumladan, tumanning “Xo‘ja Ahrori Vali” mahallasida joylashgan 10-maktabda 780 o‘rinli qo‘shimcha bino, “Arabxona” mahallasida joylashgan 9-maktabda 300 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosi, “Ohalik” mahallasida joylashgan 6-sonli DMTT da 120 yangi qo‘shimcha bino, “Talibarzu” mahallasida joylashgan 26-sonli DMTT da 120 yangi bino, “Angaralmos” mahallasida joylashgan 27-sonli DMTT da 120 yangi binolar qurib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, saxovatpesha homiylar tomonidan 23-umumta’lim maktabda yangi 6 ta sinfxonalari qurildi, 40-umumta’lim maktab binosining eski derazalari o‘rniga yangi zamonaviy deraza romlari o‘rnatildi, 33-maktabda 2 ta sport zal, faollar zali, oshxona, 4 ta sinfxona va binoning ichki yo‘laklari, 39-maktabning 8 ta sinfxonalardan iborat o‘quv binosi va ichki yo‘laklari mukammal ta’mirlanib jihozlandi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli Qaroriga asosan 2024-yilda "Investisiya" davlat dasturiga kiritilgan tumandagi “Ravonak” mahallasida joylashgan 54-umumta’lim maktabi, “Dehnav” mahallasida joylashgan 22-umumta’lim maktabi, “Yangi joy” mahallasida joylashgan 19-umumta’lim maktabi, “Qaynama” mahallasida joylashgan 49-umumta’lim maktabi, “Yangi ariq” mahallasida joylashgan 51-umumta’lim maktablarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31- yanvardagi "Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 46-son qarori asosida 1-maktabda qurilish va rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Shuningdek, ushbu dastur asosida “Jo‘yi Abbos” mahallasida yangi 90 o‘rinli DMTT qurilmoqda, shuningdek, ushbu mahalladagi 19-sonli DMTT rekonstruksiya qilinmoqda. "Ochiq budjet" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida 15 ta ta’lim tashkilotlari moliyalashtirilgan bo‘lib, yaqin kunlarda zamonaviy talablar asosida foydalarishga topshiriladi.
Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi