Yangiliklar
PRЕZIDЕNT MAKTABIDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI
5-iyun 2024-yil
Samarqand shahridagi Prezident maktabida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Behzod Rahmatullayev, viloyat hokimining ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Saidahmad Usmonov viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulovlarning bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda bitiruvchi o‘quvchilarning xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari, kelajakdagi rejalari, orzu-istaklari haqida muloqot uyushtirildi. Davra suhbati davomida mehmonlar o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyatlariga ulkan omadlar tilab esdalik sifatida kitoblar jamlanmasini hadya etishdi.