Yangiliklar
"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI O‘QUVCHILARI HALQARO TANLOVDA G‘OLIB BO‘LISHDI
5-iyun 2024-yil
Xabaringiz bor, Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari 2024-yil 1-5-iyun kunlari Gruziya davlatida bo‘lib o‘tayotgan "Black Sea Fest" tanlovida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgan edi.
Bugun Gruziya davlatining Batumi shahrida o‘tkazilgan "Black Sea Fest" Xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra;
GRAN PRI 1- ta;
1- o‘rin 3 ta;
2- o‘rin 4 ta;
3- o‘rin 2 ta.