Yangiliklar

.

SAMARQAND SHAHRIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

7-iyun 2024-yil
image

Yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash maqsadida qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Ushbu hujjatlar ijrosini o‘rganish, ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husan To‘xtayev, Samarqand shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, Sanepidqo‘mita viloyat boshqarmasi mas’ullari, shahar hokimligi vakillari Samarqand shahridagi 11-,22-,36-,45-,96-,100-,117-,123- DMTT larda bo‘lishdi.
O‘rganishlar davomida, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.         
 

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb