Yangiliklar
OQDARYODA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BO‘YICHA PRЕSS TUR O‘TKAZILDI
8-iyun 2024-yil
Tumanda jami 56 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, (shundan,1 ta nodavlat maktab, 1ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati,4 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi) faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida 30 069 nafar o‘quvchilar tahsil oladi. Ularga 2680 nafar o‘qituvchilar saboq berib kelishmoqda.
Tumanda 30 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 170 ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari,11 ta davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, bugungi kunda ularning soni jami 211 taga yetgan. Ushbu ta’lim muassasalarida 338 nafar pedagog va tarbiyachilar 12369 nafar bolajonlarga ta’lim va tarbiya berib kelmoqda.
Joriy yilda investitsiya dasturi asosida tumandagi 9- umumta’lim maktabi hamda 3-DMTT kapital ta’mirlanadi. "Tashabbusli budjet" loyidasining birinchi mavsumida 6 ta ta’lim muassasalari g‘olib deb topilib, ularning 3 tasi rekonstruksiya qilinadi, 3 tasi joriy ta’mirlanadi.
Oqdaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi