Yangiliklar

.

SAMARQANDLIK O‘QUVCHILAR G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITDI

10-iyun 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Yoshlik sport jamoalari" sport musobaqalari doirasida sportning stol tennisi va badminton turlaridan musobaqalarning Respublika final bosqichi o‘tkazildi. 

Joriy yilning 6-8-iyun kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida o‘tkazilgan mazkur musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar g‘oliblik uchun bellashdilar.

Ushbu nufuzli musobaqada sportning stol tennisi turidan Urgut tumani 93-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Ozodbek Saidov va Marjona Raxmatovalar Samarqand viloyati jamoasi tarkibida munosib ishtirok etib, aralash juftlik bahslarida birinchi o‘rinni egallashdi va oltin medali sohibi bo‘lishdi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb