Yangiliklar
SAMARQANDDA RЕSPUBLIKAMIZNING 7 TA VILOYATLARIDAN KЕLGAN FRANSUZ TILI FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSLARI BO‘LIB O‘TMOQDA
11-iyun 2024-yil
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 2-maydagi 139-sonli buyrug‘i asosida umumta’lim maktablarida o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish, pedagoglarning salohiyatini oshirish va ularning bilimlarini rivojlantirish maqsadida fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun malaka kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu malaka kurslari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining 2024-yil 24-apreldagi umumta’lim maktablari fransuz tili fani o‘qituvchilarining uzluksiz bilimlarini oshirish loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida malaka oshirish kurslari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan to‘rt bosqichda tashkil etiladi.
Ayni damda, Samarqanddagi Fransuz alyansi nodavlat notijorat tashkilotida mazkur loyiha doirasida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Jarayonlarda loyihaning birinchi bosqichidan muvaffaqqiyatli o‘tgan respublikamizning 7 ta hududidan (Samarqand, Buxoro,Navoiy,Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ) 60 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.
Loyihaning yakuniy 4-bosqichida o‘qituvchilar Fransiyada 2 haftalik malaka oshirishi rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati