Yangiliklar

.

KATTAQO‘RG‘ONLIK O‘QUVCHI XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBI BO‘LDI

14-iyun 2024-yil
image

 Joriy yilning 1-14-iyun kunlari O‘zbekistonda ilk marotaba Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi tashkil qilindi.
Ushbu olimpiada Buxoro shahridagi Buxoro davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tdi. 
 

Unda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 15-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ozodov Kamoliddin Nurali o‘g‘li faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda bronza medali sovrindori bo‘ldi.

 Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchi va uning ustozlariga Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi  o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusi ishlarida omadlar tilaydi.           

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb