Yangiliklar
MUHIM VAZIFALAR BЕLGILAB OLINDI
14-iyun 2024-yil
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda 2023-2024 -o‘quv yilida Samarqand viloyati umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yakuniy davlat attestatsiya imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Oqdaryo, Qo‘shrabot,Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on,Narpay tumanlarini o‘rganish yakunlari, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yakka tartibda (uy ta’lim) ta’lim olayotgan o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitni o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori, 9-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida Еdo.ijro.uz tizimining ishlash faoliyati hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojatlari bilan ishlash holati muhokama etilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan masalalari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati