Yangiliklar
NARPAYDA BITIRUVCHILARGA OLTIN VA KUMUSH MEDALLAR TOPSHIRILDI
19-iyun 2024-yil
Yurtimizda ta’limga, ayniqsa, maktab bitiruvchilariga e’tibor yuqori bo‘lib, ularning yutuqlari ham munosib baholanmoqda.
Narpay tumanidagi maktablarning 11-sinf bitiruvchilariga oltin va kumush medallarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dastlab tuman hokimi Sherzod Rahmonov yoshlarni muayyan kasb va oliy ta’limga jalb etishga undovchi fikrlar bildirib insonning o‘zi sevgan kasbi ortidan halol rizq topishi eng ulug‘ baxt ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, umumta’lim maktabi bitiruvchilari orasidan maktabni a’lo baholarga bitirgani uchun loyiq ko‘rilgan 124 ta oltin va 14 ta kumush medallar o‘z egalariga tantanali tarzda topshirildi.