Yangiliklar

.

PAXTACHI TUMANIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARINING FAOL BITIRUVCHILARIGA OLTIN VA KUMUSH MЕDALLARI TOPSHIRILDI

20-iyun 2024-yil
image

Paxtachi tumanidagi umumta’lim maktablarini joriy yilda 1418 nafar  yoshlar tamomlashdi. Ular orasida o‘zining namunali xulqi va odobi hamda a’lo baholari bilan o‘rnak bo‘lgan yoshlar talaygina.
 

Tumanda tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov va sektor rahbarlari tuman yoshlari bilan uchrashdi. 
Uchrashuvda  o‘qishdagi muvaffaqiyatlari va namunali xulqi uchun 8 nafar bitiruvchilariga kumush, 73 nafar bitiruvchilarga esa oltin medallari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman faollari  o‘quvchilarning ota –onalariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularning kelgusi ishlariga omadlar tilashdi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb