Yangiliklar
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI UCHUN NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI” BO‘LIB O‘TDI
21-iyun 2024-yil
O‘quv soati avvalida o‘tgan hafta davomida yurtimiz va xorij hayotiga oid eng muhim voqealar sharhi namoyish etildi.
Jumladan o‘tgan haftaning muhim voqealaridan biri -Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning shu yil 13-15 iyun kunlari mamlakatimizga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlantirishda yangi sahifa ochganligi to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi.
Gazeta sharhida “Tilda, fikrda, ishda birlik” shiori ostida chiqarilayotgan “Jadid” gazetasining navbatdagi 26-sonida e’lon qilingan maqolalar sharhlandi.
O‘quv soati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat hizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan "Davlat xizmatchisi etikasi" mavzusidagi videorolik namoyish etildi.
O‘quv soatida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining barcha ishchi xodimlari faol ishtirok etdilar.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati