Yangiliklar

.

PASTDARG‘OMDA MAKTAB BITIRUVCHILARINING 177 NAFARIGA OLTIN VA KUMUSH MЕDALLARI TOPSHIRILDI

21-iyun 2024-yil
image

Pastdarg‘om tumanidagi umumta’lim maktablarini 4826 nafar o‘quvchilar tamomladi. 2023-2024-o‘quv yilida bitiruvchilarning 153 nafari oltin va 24 nafari kumush  medallar sohibi bo‘lishdi.

Bundan tashqari,  bu yilgi bitiruvchilarning 68 nafari muddatidan oldin turli xorijiy va nodavlat OTMlar talabasi bo‘lgan bo‘lsa, 238 nafarga yaqini turli darajada xorijiy til bilish sertifikatlari(IELTS, SEFR va hakozo)ga ega bo‘lishdi.                                           

Bugun Pastdarg‘om tumanida a’lochi bitiruvchilarga oltin va kumush medallarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. "Ilmli yoshlar-yurt kelajagi" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirok etishdi hamda oltin va kumush medallarini o‘z egalariga tantanali tarzda topshirishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omadlar tilashdi.       

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati         

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb