Yangiliklar

.

SAMARQAND SHAHRIDA 400 NAFARDAN ORTIQ BITIRUVCHILAR OLTIN VA KUMUSH MЕDALLARINI QO‘LGA KIRITDI

23-iyun 2024-yil
image

Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarini joriy yilda 7 239 nafar o‘quvchilar tamomladi. 2023-2024-o‘quv yilida bitiruvchilarning 407  nafari oltin va 20 nafari kumush  medallari sohibi bo‘lishdi.

Bugun Samarqand shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida shahrimizdagi yoshlar markazida  a’lochi bitiruvchilarga oltin va kumush medallarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtayev boshchiligidagi viloyat faollari shuningdek,  shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi.Tadbirda oltin va kumush medallarini o‘z egalariga tantanali tarzda topshirildi. 
Bundan tashqari "O‘quvchilari eng ko‘p oltin medal olgan maktab" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib maktab jamoalari taqdirlandi.
Tadbir doirasida "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" respublika ko‘rik tanlovining  shahar bosqichi g‘oliblariga vaucherlar topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omadlar tilashdi.       

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb