Yangiliklar

.

URGUT TUMANIDAGI 48-UMUMTA’LIM  MAKTABIGA 5 TA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI

22-iyun 2024-yil
image

Urgut tumanidagi 48-umumta’lim maktabi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan o‘tkazilgan "Mening shahrimdagi kasblar" mavzusidagi videoroliklar tanlovida  2-o‘rinni egalladi. 
 

Bugun ushbu maktabga tikuv mashinalari topshirildi.

Ushbu maktabda 2023-yil sentabr oyidan boshlab kasbga o‘qitiladi. Bu yerda tikuvchilik, sartaroshlik, qandolatchilik to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib,  keyingi paytlarda o‘quvchilarning ushbu kasblarni o‘rganishga  qiziqishlari ortib bormoqda.

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb