Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIGʻI FAXRIY O‘QITUVCHINI 75 YILLIK YUBILEYI BILAN TABRIKLADI
22-iyun 2024-yil
Samarqand shahridagi 14-umumta’lim maktabida 53 yildan buyon mehnat qilib kelayotgan oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi, "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni sohibi Shatoxina Larisa Nekalayevna 75 yoshni qarshiladi.
Shu munosabat bilan 14-umumta’lim maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov ishtirok etib, viloyat pedagoglari nomidan tabrikladi va ustozning kelgusi ishlariga omadlar tiladi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati