Yangiliklar

.

BULUNG‘URDAGI TA’LIM MUASSASALARIGA PRЕSS-TUR TASHKIL ETILDI

25-iyun 2024-yil
image

Bugun Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-322-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi yuzasidan Bulung‘ur tumanidagi davlat xususiy sherikchilik asosida qurilib foydalanishga topshirilgan "Dilafruz" makbagacha ta’lim tashkilotiga PRЕSS-TUR tashkil etildi.
Tadbirda  ommaviy axborot vositalari xodimlari  ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bulung‘ur  tumani "Olmazor" MFY da joylashgan “DILAFRUZ” davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining  quvvati 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda 3 ta guruhda 60 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan.
 Ushbu davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilishi uchun 2018-yil 17-iyulda  bitim imzolangan bo‘lib, loyiha qiymati 4 mlrd. 600 mln so‘mni tashkil qilgan.  Shundan,  2 milliard 250 million so‘m kredit mablag‘i,  2 milliard 350 million  so‘m tadbirkorning  o‘z mablag‘lari hisobidan  2024-yilda qurib bitkazildi. 

Bugungi kunda Samarqand viloyati nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha Respublikada yetakchi bo‘lib kelmoqda. 2018-2024-yillar davomida 64 ta xususiy nodavlat, 140 ta davlat-xususiy sheriklik asosida va 3 460 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari jami 3 664 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 97 mingga yaqin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrab olingan.
Olib borilayotgan islohotlar natijasida sohada nodavlat sektorning ulushi 2017-yilda 1 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib 44 foizga yetkazildi.
Viloyatda o‘tgan 6 yil davomida 3 895 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda shundan 3 460 tasi faoliyat olib bormoqda, qolgan 435 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan tuzilgan bitimlar SanPiN talablariga mos kelmaganligi tufayli bekor qilindi.

O‘tgan 2023-yilda quvvati 16 264 o‘rinli 428 ta oilaviy bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bu bog‘chalar asosan viloyatning bog‘cha bo‘lmagan, qamrov darajasi past bo‘lgan chekka va olis hududlarida tashkil etildi. 
Bugungi kunda son emas, sifatga e’tibor berilishi, kadrlar salohiyati, ulardagi ta’lim-tarbiya sifati ota-onalar talabiga javob bermasligi, joylarda bolalar qamrovi past bo‘lgan hamda MTTlar mavjud bo‘lmagan MFY hududlarida oilaviy nodavlat bog‘chalarini tashkil etish bo‘yicha Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan asosli ravishda talab qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori bilan 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun https://nodavlat-bogcha.uz sayti orqali elektron shaklda bitimga ariza yuborish yo‘lga qo‘yildi. Bunda inson omili aralashmaydi. Tadbirkorga shaxsiy mobil aloqa telefoni orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu sayt orqali ariza yuborish huquqi berildi.
 

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb