Yangiliklar
FAOL OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI TAQDIRLANDI
25-iyun 2024-yil
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani uyushtirildi.
Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, tizimdagi yutuqlar, o‘zgarishlar va yangilanishlarni keng ommaga yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining xizmatlari beqiyos ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i anjuman ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan “27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan tabriklab , 2024-yil -" Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da viloyatda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish va keng ommaga yetkazishda yaqin hamkorlik qilgan bir guruh jurnalistlar va axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta’minlashda ommaviy axborot vositalari bilan hamjihatda ishlagan soha xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, “YILNING ENG YAXSHI HAMKORI” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi jamoasi g‘olib deb topildi. Jamoaga diplom maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati