Yangiliklar
FUTBOLIMIZ KELAJAGI SENING QO‘LINGDA
1-iyul 2024-yil
Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha "Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda" shiori ostida respublika birinchiligining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Samarqand tumani 1-son sport maktabi stadionida o‘tkazilgan musobaqada shahar va tumanlardan tashrif buyurgan jamoalar g‘oliblik uchun to‘p surdilar.
Shiddatli kechgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra:
I-o‘rinni Urgut tumani jamoasi egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
II-o‘rinni Samarqand shahar jamoasi;
III-o‘rinni Samarqand tumani jamoasi egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.