Yangiliklar
AZIZ YOSHLAR!
1-iyul 2024-yil
Keyingi yillarda yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, ishlashi uchun barcha sharoitlar va keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab 30-iyun yurtimizda yoshlar kuni sifatida keng nishonlanmoqda.
Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha yoshlarni — bugungi qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etaman.
Aziz yoshlar! Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda Sizga suyanamiz!
Bugungi qutlug‘ sana bilan yana bir bor Sizlarni tabriklaymiz. Barchangizga yurt taraqqiyoti yo'lida qilayotgan mehnatlaringizda omadlar yor bo'lishini tilayman!
Shahzod Eshonqulov
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i