Yangiliklar

.

MILLIY  RAQS  SAN'ATI BO'YICHA MAHORAT MASHG‘ULOTLARI O'TKAZILDI

5-iyul 2024-yil
image

Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida tuman, shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablarining "Milliy raqs" to‘garak rahbarlari uchun mahorat mashg‘uloti tashkil etildi.

 Mahorat mashg‘uloti Samarqand ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Xoreografiya" bo‘limi boshlig‘i mahoratli xoreograf Charos Ibragimova hamda Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Zarafshon" doirachilar ansambli rahbari Jamol Ibragimovlar tomonidan "Xoreografiya san'atining asoslari" mavzusida tashkil etilib, amaliy mashg‘ulot jarayonida milliy raqsdagi eng muhim qoidalar hamda  qo‘l va oyoq harakatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha master-klass namoyish etishdi. 

Mahorat mashg‘ulotini tashkil etishdan maqsad, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda ularni raqsga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat. 

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb