Yangiliklar
MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘GʻRISIDA"GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
29-iyul 2024-yil
Yurtimizda davlat organlari faoliyatini yaxshilash, turli qonun buzilish holatlarini oldini olish va shaffof boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘grisida"gi qonun ishlab chiqilib, joylarda mazkur qonun mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor etishga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazilmoqda.
Bugun, Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan onlayn seminar mazkur masalaga bag‘ishlandi.
Unda vazirlik ishchi guruhi a’zolari tomonidan qonun doirasida belgilangan talablar, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlik munosabatlari va vakolatlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlaridan boxabar etish hamda belgilangan muddatlarda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni to‘ldirib borilishi yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi