Yangiliklar

.

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIRЕKTORLARI UCHUN SЕMINAR TASHKIL ETILDI

13-may 2024-yil
image

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIRЕKTORLARI UCHUN SЕMINAR TASHKIL ETILDI

Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 7 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya ishlari ma’lum mezonlarga asoslangan. Xususan, yurtimizda barcha bog‘chalarda “Ilk qadam” davlat dasturi asosida ta’lim-tarbiya beriladi. Dasturning mazmun-mohiyati, maqsad-muddaosi esa nihoyatla salmoqli va dolzarb.
Samarqandda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda yangi yondoshuvlar" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda MTT rahbarining rivojlantiruvchi muhitni rejalashtirishdagi vazifasi va o‘rni, Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish texnologiyalarini qo‘llash borasida Maktabgacha ta’lim agentligi mus’ullarining ma’ruzalari tinglandi. Seminar ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Sam_MMT07@exat.uz
@SamarqandVXTB
@samarqandvxtb
/samarqandvxtb